ABZALOV Rem Abzalovich kim bo’lgan?
ABZALOV Rem Abzalovich (1914 — Toshkent — 1983) — 2-jahon urushi qatnashchisi. O’qchi rotaga komandirlik qilgan (1942-45). Abzalovga Vengriyada, 1944 yilning oktabr oyida Dunay bo’yidagi Dunapatay rayoni uchun bo’lgan janglarda ko’rsatgan jasorati uchun qahramon unvoni berilgan. Urushdan so’ng Toshkentga qaytgach, tuman harbiy komissariatida (1945-60), Toshkent elektrotexnika texnikumida (1969) ishlagan. Toshkentdagi Harbiylar qabristonining qahramonlar xiyoboniga dafn etilgan.
O‘xshash so‘zlar
- ABZAL haqida nimani bilasiz?
- Abzal
- ABZALOV Melis Oripovich kim bo’lgan?
- ABZATS haqida nimani bilasiz?
- ACHAMAYLI haqida bilasizmi?
- ACHCHA qanday ko’l?
- ACHCHI (ATCHI) SURILMASI haqida bilasizmi?
- ACHCHIQ BULOQLAR haqida bilasizmi?


