“BERLIN—RIM O’QI”
“BERLIN—RIM O’QI” — 1936 yil 25 oktabrda Berlinda imzolanib, Germaniya bilan Italiya o’rtasida tuzilgan harbiy-siyosiy bitim. Bitimga muvofiq, Germaniya Efiopiyaning Italiya tomonidan bosib olinishini e’tirof qildi. Har ikki tomon Ispaniyaning Franko hukumatini tan olganliklarini e’tirof etishdi va unga harbiy yordam ko’rsatish bo’yicha chora-tadbirlar belgilashdi, Bolqon va Dunay bo’yi davlatlarni iqtisodiy jihatdan asoratga solish rejalarini tuzishdi. 1936 yil 25 noyabrda “Kominternga qarshi pakt”ga Germaniya bilan Yaponiyaning imzo qo’yishi “Berlin—Rim o’qi”ning davomi bo’ldi.