Yozyovon qishlog’i haqida eshitganmisiz?
Yozyovon qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Farg’ona oblasti Oxunboboyev rayonining ma’muriy markazi. Shuningdek, Farg’ona vodiysining markaziy qismidagi cho’l. Toponimning xalq orasidagi “yozlik ayvon, yozi yomon, issiq, yozda qovun ekilganligi uchun yozlik joy deyiladi” kabi izohlari nomning tashqi ko’rinishi asosida vujudga kelgan. Aslida nomning yoz (fasl) so’zi bilan aloqasi yo’q Yoz yoki yozi Mahmud Koshg’ariyning yozishicha “bo’shliq, ochiqlik, cho’l” degan ma’noni bildiradi. Toponimning ikkinchi qismi yovon (yobon) “dasht, tekislik” demakdir. Xorazm shevalarida yovon hozir ham “qishloq, shahardan uzoq joy” ma’nosida qo’llaniladi. Shunday qilib, Yozyovon “tekis, ochiq cho’l, dasht” demakdir. Qishloq nomi cho’l nomi asosida vujudga kelgan.



