G’oziobod kanali haqida eshitganmisiz?
G’oziobod kanali haqida eshitganmisiz? – Xorazm oblastining Qo’shko’pir rayonida. Bu nomda qishloq ham bor. Akademik Yahyo G’ulomovning fikricha Xorazm biror kanalga nom berishda albatta shu kanalni qurgan kishining nomi yoki laqabidan foydalanilgan, bu yerda esa “g’ozi” – nomga qo’shilgan qo’shimchadir. “Shubha yo’qki, – deb yozadi akademik. Ya.G’ulomov Abulg’ozi Madra kanalini yoki Noririy kanalini (G’ozovot kanalining oldingi nomlari) qayta tiklashda tashabbus ko’rsatgan. Buning uchun Durgadik qishlog’ining sharqida 3 kilometr narida Qulum Hoji chegarasida: Polyonyopdan G’ozibodga suv chiqarib, partov qazilgan, kanalning quyi tomoni tartibga solingan va u yerda G’oziobod qal’asi barpo qilingan”. G’oziobod (xalq tilida G’ozovot) Abulg’ozi nomi bilan bog’liq ekan. Kanal mo’g’ullar istilosidan oldin Madra yoki Madir keyinchalik Nahri Nosiriy deb atalgan.
O‘xshash so‘zlar
- Galabek qishlog’i haqida eshitganmisiz?
- Galaguzar qishlog’i haqida eshitganmisiz?
- Galaosiyo qishlog’i haqida eshitganmisiz?
- Gandimiyon qishlog’i haqida eshitganmisiz?
- Gaza qishlog’i haqida eshitganmisiz?
- Gazarak qishlog’i haqida eshitganmisiz?
- Gazli shahri haqida eshitganmisiz?
- Gilambop qishlog’i haqida eshitganmisiz?


