“BETLEXEM STIL KORPOREYSHEN”

“BETLEXEM STIL KORPOREYSHEN” (Bethlehem Steel) AK.LUFLARH metallurgiya kompaniyasi. 1904 yilda tashkil etilgan. Mellonlar va Morganlar moliya guruhiga qaraydi. Sanoat jihozlari va harbiy texnika ishlab chiqaradi, kemasozlik va harbiy sanoatda katta mavqega ega. AQSh, Kanada, Braziliya, Venesuela, Liberiya va boshqa mamlakatlarda temir ruda konlari, Braziliya va Meksikada marganes konlari bor.