BETPAQDALA

BETPAQDALA — Qozog’istondagi cho’l. Sarisuv daryosi quyi oqimi va Chu daryosidan Balxash ko’ligacha (500 kilometr) cho’zilgan. Janubda Chu daryosi bilan chegaralangan, shimol chegarasi 46° 30′ shu kabilarga to’g’ri keladi. Maydoni qariyb 75 ming kilometr kvadrat. Betpaqdala urqirli baland tekislik; dengiz sathidan o’rtacha balandligi 300-350 metr, g’arbiy qismining balandligi 250 metr, Sharqiy qismi esa (Mo’yinti daryosi yaqinida) 450 metr. Eng baland joyi 974 metr (Taroz shahri yaqinida). Tepaliklari yassi, ko’pincha granit va slaneslar yer yuzasiga chiqib yotadi. Betpaqdalaning g’arbiy qismi gilli yerlar bo’lib, shurxok, taxirshur kul ko’p. O’rta va Janub qismi do’ng qumliklardan iborat, yer yuzasi chaqirtosh bilan qoplangan; Sharqiy qismida tepa, qir va yakka tog’lar: Boyqora (665 metr), Jeltov (974 metr) tog’lari bor. Betpaqdala iqlimi keskin kontinental, yozi issiq va quruq, qishi qattiq sovuq, yiliga 100-150 millimetr yopin tushadi. Yanvarning o’rtacha temperaturasi -12′ dan -14° gacha, iyulniki 24-26°. Doimiy oqar suv yuq, erta bahorda oqib, yozda qurib qoladigan soy, jilg’alar bor. O’simlik siyrak, shuvoqning bir necha turi, shuningdek, sho’ra usadi. Soy va botiqlarda burgan, teresken, shuvoq, betaga uchraydi. Betpaqdala bahorgi va kuzgi yaylov. Sug’orish, ekin ekish, yaylovlarga suv chiqarish sohasida katta ishlar qilinmoqda. Gips, qo’rg’oshin va temir rudalari, marmar, tog’ xrustali, kvarsit, yashma, tuz va boshqa foydali qazilma konlari topilgan.