“BESH BOSH”
“BESH BOSH” — 20-asr boshlarida Turkistonning paxta tozalash va paxta moyi ishlab chiqarish sanoatida hukmronlik qilgan aktsiyadorlar jamiyati. 1914 yilda tashkil etilgan. “Besh bosh”da 5 paxta firmasi— “Vl. Alekseyev”, “Br. Shlossberg”, “Moskovskoye torgovopromishlennoe tovarichestvo”, “Pers”, “Bolshaya Yaroslavskaya manufaktura” birlashgan. Unga Turkistonning turli viloyatlarida joylashgan paxta tozalaydigan 39 ta va paxta moyi ishlab chiqaradigan 5 ta zavod qaragan. “Besh bosh” Rossiyadagi “Salo. mas” sindikatining a’zosi bo’lgan, o’z faoliyatida Rossiya imperiyasidagi yirik banklardan biri—Rus Osiyo bankiga tayangan. “Besh bosh” Turkistonda mustamlakachilik zulmi tayanchi bo’lib kelgan. “Besh bosh” 1918 yil martida natsionalizasiya qilingan.