“BESHINCHI KOLONNA”

“BESHINCHI KOLONNA” — Ispaniya Respublikasida 1936-39 yillardagi urush davrida general Franko agenturasining nomi. Fashist isyonchilarning 4 kolonnasi Madridga hujum qilayotgan vaqtda ular shahar ichkarisida beshinchi kolonna bo’lib jangga kirishgan, “Beshinchi kolonna” atamasi shundan kelib chiqqan, 2-jahon urushi davrida “Beshinchi kolonna” turli mamlakatlardagi fashistlar agenturasining shartli nomi.