BZIB

BZIB — G’arbiy Kavkazdagi daryo. Bosh Kavkaz tizmasining Janubiy g’arbiy yon bag’ridan boshlanib, qora dengizga qo’yiladi. Uzunligi 110 kilometr, havzasining maydoni 1510 kilometr kvadrat. Qor va muzlikdan, quyi qismida yomg’ir suvlaridan to’yinadi. O’rtacha suv sarfi 97 metr kub/sekund. Bzib deyarli muzlamaydi. Bzib vodiysi bo’ylab Risa ko’liga avtomobil yo’li o’tgan. Bi… (lotincha bi—ikki; bis dan—ikki karra, ikki marta)—yasama so’zlar tarkibiy qismi; ikki qismdan iborat, ikki xossali ma’nolari ifodasini anglatadi (masalan, biatlon).