Kuchli odam baland gapirmaydi
Qancha baland gapirsangiz — shuncha o‘zingizni beqadr qilasiz. Opponent esa buni darhol sezadi: “Demak, uni asabiylashtirish — oson.”
Tinch, ohangli gap aytilganda esa:
🔸 ishonch kuchayadi
🔸 so‘z vaznli bo‘ladi
🔸 hurmat o‘zi ortadi
Ovozini ko‘tarmaydigan odam — ichki barqarorlikka ega odam. U nimani aytishini biladi va kerak bo‘lsa — sukut bilan ham gapiradi.



