BIN ALI ZAYNULOBIDIYN
BIN ALI ZAYNULOBIDIYN (1936.3.9, Hammomsus shahri) — Tunis Respublikasi davlat arbobi. General (1979). Tunisning Marokashdagi harbiy attashesi (1974— 77), Tunis milliy xavfsizligi bosh direktori (1977-80). Tunisning Polshadagi elchisi (1980-84), Tunis milliy xavfsizligi davlat kotibi (1984-85), 1986-87 yillarda ichki ishlar vaziri. 1987 yil oktabrdan Tunis bosh vaziri. 1987 yil 7 noyabrdan Tunis Prezidenti.