BIMOLEKULYAR REAKTSIYALAR

BIMOLEKULYAR REAKTSIYALAR — kimyoviy reaktsiyalarning eng ko’p uchraydigan xili, ularning oddiy turida ikkita zarracha qatnashadi, Masalan: NOJ+NOJ>2NO+J,. Ikki molekula o’rtasida boradigan oddiy (bir bosqichli) reaktsiyalar ham, murakkab reaktsiyalarning tarkibiy qismi bo’lgan elementar reaktsiyalarning ko’pchiligi ham Bimolekulyar reaktsiyalarga kiradi. Murakkab reaktsiyalarning tarkibiy qismi bo’lgan Bimolekulyar reaktsiyalarda molekulalar bilan birga atomlar, radikallar va ionlar ham qatnashishi mumkin, masalan, SN3+SN,=S2N6 (erkin radikallar rekombinatsiyasi).