BIR YUZ SAKKIZ

BIR YUZ SAKKIZ-F (108-F) o’rta tolali g’o’za navi. O’zbekiston Paxtachilik ilmiy tadqiqot institutining Farg’ona tajriba stansiyasida Kuk va 36M2 navlarini tabiiy duragaylash usuli bilan yaratilgan (L. V. Rumshevich, 1940). O’zbekiston, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmanistan, Qozog’istonda rayonlashtirilgan (1947) va hozir ham katta maydonlarda ekiladi. Chet mamlakatlarda ham keng tarqalgan (Suriya, Xitoy, Eron, Afg’oniston va boshqalar). Tupi ixcham, bo’yi 100-105 santimetr. Bargi o’rtacha, asosan 5 bo’lmali. Guli o’rtacha, gulbarglari va changi och sariq. Ko’sagi yirik, asosan 5 chanoqli. Tolasi oq. Bir dona ko’sakdagi paxta vazni 6,7— 7,0 gramm. 1000 dona chigiti massasi 125— 130 gramm. Viltga chidamli. Vegetatsiya davri 145— 147 kun, 35-36% tola beradi. Bu nav asosida keyinchalik rayonlashtirilgan 20 ga yaqin “F” (“Farg’ona”) indeksli g’o’za navlari chiqarilgan.