BIRDMOR MUZLIGI
BIRDMOR MUZLIGI — Antarktidada, yer sharidagi eng katta vodiy muzliklaridan biri. Kugb platosidan tushib Ross shelf muzligiga tutashadi. Uzunligi 200 kilometr. Eni 40 kilometr. Yiliga 6 kilometr kub muz okeanga sinib tushadi. 1908 yil dekabrda Sheklton boshchiligidagi ingliz ekspedisiyasi tomonidan kashf qilingan. Ekspeditsiyani moliyaviy tomondan ta’minlagan Lord U. Birdmor nomiga qo’yilgan.