BIRIKISH REAKTSIYASI
BIRIKISH REAKTSIYASI — ikki yoki bir necha moddadan bir modda hosil qilinadigan reaktsiya. Agar ikki oddiy moddadan bir murakkab modda kelib chiqsa, bunday reaktsiya sintez deyiladi. Vodorod va azotdan bevosita ammiak olish sintez uchun misoldir. Birikish reaktsiyasida ikki murakkab moddadan yanada murakkabroq moddalar hosil bo’la oladi