BIRINCHI BULG’OR PODSHOLIGI
BIRINCHI BULG’OR PODSHOLIGI — Bolqon yarim orolining shimolda mavjud bo’lgan ilk slavyan-bulg’or davlati (681— 1018). Kds. bulg’or qabilalari Asparux yetakchiligida 7 slavyan qabila ittifoqini tobe qilib, ular istiqomat qilgan hududlarni Vizantiya asoratidan xalos etgach, tashkil topgan. Poytaxti— Pliska shahri, 893 yildan — Preslav shahri Bulg’orlar 865 yil xristian dinini qabul qilishgan. Simeon shoh davrida yuksak darajada kuch-qudratga erishgan. 969 yil Sharqiy va G’arbiy bulg’or podsholigiga bo’linib ketgan. 1018 yil Vizantiya tomonidan zabt etilgan.
O‘xshash so‘zlar
- BIRINCHI HAYDOV
- BIRINCHI YORDAM
- BIRINCHI IMPERIYA
- BIRINCHI JAHON URUSHI
- Birinchi ko’zoynaklar
- BIRINCHI KOSMIK TEZLIK
- BIRINCHI SIGNAL SISTEMASI
- Birinchi qayiqni kim yasagan?





