Birinchi qayiqni kim yasagan?

Suv bo’yida yashab, lekin hech qachon qayiqni ko’rmagan yoki uning to’g’risida umuman eshitmagan bo’lsangiz, siz nima qilgan bo’lardingiz? Sizning, balkim, shu ko’rinib turgan daryodan o’tkingiz kelar yoki oqim bo’ylab suzishni xohlarsiz. Ehtimol, suvda uzoh muddat ushlanib turishingizga ko’maklashuvchi qandaydir bir narsani orzu qilarsiz. Hoynahoy, ibtidoiy odam xuddi shunday xayollarga borib, bir necha butalar yoki daraxtlarni tanasidan kesib, o’zaro bog’lab, bironta xoda yoki daraxt shoxini eshkak qilib, ko’l yoki daryodan suzib o’tish fikriga borgan bo’lsa, ajab emas. Qayiq yasash o’yi shunday tug’ilgan bo’lsa kerak. Bir necha suzuvchan predmet (narsalar)ni o’zaro bog’lab yasalgan qayiqni «Sol» deyishgan. Biroq bu suzish vositasi ancha noqulay, qo’pol bo’lib, suvda tez harakatlana olmas va ustiga suv chiqib, hammayoqni shalabbo qilib yuborar edi. Shu boisdan ibtidoiy odam bundan ko’ra qulayroq, mukammalroq, ustiga suv urmaydigan suzish vositasini istab qolgandir. Shu tariqa u ichi o’yib olingan g’o’lani qayiq o’rnida tasavvur qilgandir. O’nda yanada tezroq suzish mumkin bo’lar va u mutlaqo suv o’tkazmas edi. Lekin unda xuddi soldagiday, ancha-muncha yukni olib yurib bo’lmas, buning ustiga, suvda yengil ag’darilar edi. Ibtidoiy odam ichi o’yib yasalgan qayiqni takomillashtirish yo’llarini izlay boshlaydi. Tezlikni oshirish maqsadida unga burun va quyruq qismlar qildi, suvda o’zini barqaror ushlab tura olsin deb yonlarini qabariq qilib, bo’rttirib chiqardi, tagini tekisladi. Keyin qayiqning tubini mahkam tutib turuvchi uzunasiga joylashgan asosiy to’sin, pushtakni o’ylab topdi va qayiqning yonlarini ko’tarish uchun uzun taxtalar (plankalar) yo’ndi va ustma-ust o’rnatdi. Buning ustiga, hamon solda suzayotganlar ham uni takomillashtirishga kirishdi. Avval sol ustiga taxtalardan pol qilishdi, solning qulayligini oshirish va himoyalanishni kuchaytirish uchun unga alohida yukxona (platforma) ham qurildi, bu platformalar kemalar sahni (palubasi)ning ibtidoiy namunasi edi. Ular o’z sollarining yonlarini qo’shimcha taxtalar biriktirib ko’tardilar, uning orqa va oldingi tomonlari ham balandlashtirildi. Va shunday qilib, xuddi shu asosda keyinchalik «kovgach» (ya’ni kema) deb atalgan, tagichuqur suzuvchi vositalar paydo bo’ldi, ularni «djonka» dab ham atashadi. Zamonlar o’tib, sollar va ichi o’yib ishlangan qayiqlar va juda ko’p umumiy o’xshashliklar yuzaga keldi. Ularning har biridagi eng yaxshi jihatlarni o’zlashtirib va qanday qayiq zarurligiga qarab, bu jihatlarni birlashtirish lozim edi. Shunday qilib, aytishimiz mumkinki, bugun bizga tanish bo’lgan qayiqlar yuqorida bayon qilingan ibtidoiy odamlar yasagan ikki turdagi suzish vositalarini rivojlantirish samalaralidir.