Paromlar nega kerak?

Sohildan sohilga o’tish uchun zarur ilk suzish vositalari bundan taxminan 6000 yil burun paydo bo’lgan. Ular bir talay xodalarni o’zaro bir-biriga matashtirib bog’lab yasalgan sollar hamda ularni suvda boshqarish uchun qo’llaniladigan eshkaklardan iborat edi. Bundan deyarli 5500 yil burun misrliklar Nil daryosi bo’yidan o’rib yig’ilgan qamishlardan qayiq yasab, daryoning bu betidan narigi betiga suzib o’tishgan. Paromlar ancha keyin yasalgan. Paromlar yordamida daryo yoki dengiz qo’ltiqlarini kesib o’tishgan. Parom bamisoli daryolar oqimi bilan bo’linib qolgan yo’llarni qayta tutashtirgan. Bu transport vositasidan ko’priklar qurish yo qiyin, yoki befoyda bo’lgan kechuv joylarida foydalaniladi. Ko’priklar agar o’zini oqlasa, ya’ni u orqali bo’ladigan avtomobil yoki temir yo’l transporti harakati uzluksiz va qizg’in bo’lgan sharoitdagina quriladi. Aks holda, shunchaki paromda suzib o’tish yo’lga qo’yiladi, xolos. Dengiz paromlari — qudratli suzuvchan inshootlar bo’lib, ularda g’oyat og’ir yuklar temir yo’llarda turgan turkum vagonlarga tashib beriladi, masalan La-Mansh qo’ltig’ida paromlar xuddi shunday vazifani bajaradi. Odatdagi daryo sollari esa hatto dvigatelga ham ega emas. Ular qirg’oqdan-qirg’oqqa chig’irlar (lebedkalar) orqali tortiladi. Yana kichik paromlar ham bor, ular daryo yoki ko’l tubiga bir uchi qadalib, oldinga ko’tariladigan eshkaklar va shunchaki uzun xodalar yordamida jildiriladi.