“O’ZBEKISTON-452”

“O’ZBEKISTON-452” — o’rtacha ertapishar tarvuz navi. Butunittifoq o’simlikshunoslik intining O’rta Osiyo tajriba stansiyasida chiqarilgan. Mevasi dumaloq, o’rtacha kattalikda, yuzasi silliq, po’sti oqishyashil, qoramtiryashil yo’llari bor, og’irligi 5-8 kilogra… Eti mayin, pushtirang, zichligi o’rtacha, sersuv, shirin. Tarkibida qand miqdori 9-11%. Urug’i yirik, sarg’ishqora halqasi bor. Niholi unib chiqqanidan keyin birinchi hosili 70-75 kunda pishadi. 1951 yildan ekish uchun davlat reestriga kiritilgan. O’zbekistonning hamma viloyatlarida ekiladi..