O’G’RILIK

O’G’RILIK — jinoyat huquqida o’zganing molmulkini yashirin ravishda talontoroj qilish. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksida O’g’rilik qanday sodir etilganligi (kissavurlik, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib yoki takroran yoki xavfli residivist tomonidan, yo bo’lmasa ko’p miqsordagi mol-mulkning o’g’irlanishi, uyushgan guruh tomonidan sodir etilishi va boshqalar) ga qarab jazo belgilangan (Jinoyat Kodeksi, 169-modda). Jinoyat joyida bo’lgan va 14 yoshga to’lgan shaxs O’g’rilik shaklidagi o’zgalar mulkini talon-toroj qilishning sub’yekti bo’lishi mumkin.