BOBOYEV QURBONALI LATIPOVICH

BOBOYEV QURBONALI LATIPOVICH (1910.26.12, Oqmo’la shahri 2000.5,8, Toshkent) — geolog, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1974). geologiya mineralogiya fanlari Doktori (1962), professor (1963). O’rta Osiyo industrial institutni tugatgach (1936), geologiya ixtisosidagi turli muassasalarda foydali qazilmalarni qidirish ishlariga rahbarlik qilgan. Urush qatnashchisi (1942-43). 1944 yildan “O’zbekoltinkamyobmet” trestida bosh geolog, direktor o’rinbosari. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Geologiya instituti direktori o’rinbosari va direktori (1947-56) O’rta Osiyo Geologiya va mineral xom ashyo ilmiy tadqiqot instituti direktori (1956— 66). 1967 yildan mineral resurslar ilmiy tadqiqot institutida katta ilmiy xodim. Geologik jarayonlar xarakteristikasi printsiplarini ishlab chiqib, O’rta Osiyoni geologik-strukturaviy rayonlashtirish sxemasini va shu asosda metallogenik va prognoz qilish sxematik xaritalarini tuzgan. 1983 yildan ruda konlari genezisi bo’yicha xalqaro assotsiasiya (AQSh) haqiqiy a’zosi.