BOBOJONOV MADRAIM
BOBOJONOV MADRAIM (1939.9.10, Xorazm viloyati Xonqa tumani G’alaba qishlog’i) — O’zbekiston xalq artisti (1988). Toshkent san’at institutini tugatgan (1970). 1961 yildan Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat o’zbek davlat musiqali drama va komediya teatrida aktyor. Bobojonov ijodiga qahramonona, romantik va fojiaviy rollar yaqin bo’lib, obrazlari jo’shqin his-tuyg’uga to’la; chuqur dramatik holatlarni mahorat bilan gavdalantiradi. Sahnada yaratgan eng yaxshi rollari: Utkuriy (“Parvona”), G’ofir (“Boy ila xizmatchi”), Fazliddin (“Noma’lum kishi”), Hamlet (“Xamlet”), Karl Moor (“Qaroqchilar”), Mindaugas; (“Mindaugas”), Jaloliddin Manguberdi (“Avlodlar qilichi”), Samadov (“Un uchinchi rais”), Ogahiy (“Dilbandi Xiva”) va boshqalar. Bobojonov televideniye orqali namoyish etilgan bir qancha videofilmlarda ham (Ogahiy, “Ogahiy”; Qozi, “Deyishma” va boshqalar) o’ynagan. “Nilufar” (H. Rasul), “Millioner o’g’li” (J. Teshaboyev, H. Islomov) kabi spektakllarni sahnalashtirgan.