BOYAZID ANSORIY IBN ABDULLOH
BOYAZID ANSORIY IBN ABDULLOH 115-25, Jalanhor shahri (Panjob) — 1572) — Afg’onistondagi Ravshaniya diniy oqimi asoschisi. O’zbeklar orasida Bobo Ravshan nomi bilan ma’lum bo’lgan. Uning ota va bobosi mashhur ulamolar edi. Yoshligida savdo-sotiq ishlari bilan shug’ullanib ko’p shaharlarga borgan. Tasavvuf hamda ismoiliylar oqimlari ta’sirida bo’lgan. Fiqh ilmlari asoslarini o’rgangan. Ulamolar bilan diniy bahslarda ishtirok etgan. 1542 yil “menga ilohiy vahiy tushdi” deb, o’zini payg’ambar e’lon qildi va “yangi g’oyalari”ni targ’ib qilishga kirishdi. Tenglik va adolatli jamiyat qurish fikrini ilgari surgan. Boyazid Ansoriyning tarafdorlari unga piri Ravshan laqabini berganlar. Boyazid Ansoriy bir necha asarlar (“madad qiluvchi pirning ahvoli”, “mo’minlarning maqsadlari”) yozgan. Asarlari pushtu, fors va Arab tillarida. Boyazid Ansoriy pushtu tili uchun o’z alifbosini taklif etgan.