BODOMOY
BODOMOY — ziynat buyumi; Xorazmda keng tarqalgan. Uchta bodom shakli asosida yotgan yangi oy tasviri bo’lgan murakkab shaklli yaxlit taqinchoq. Bodomoy tagi zanjir, marjon, bargak yoki zig’iraklardan tuzilgan shokilalar qatori bilan yakunlanadi. Shakllar va ularning aniq chizig’i egiluvchan doira hosil qiladi. Xorazm zargarlari uchun an’anaviy bulgan Feruza ko’zlar halqasi bilan o’ralgan yirik ko’z (qubba)lar mujassamoti har bir shakl bo’laklarida takrorlanadi. Bodomoy 19-asrda urf bo’lgan, yakka holda peshonaga, juft holda ikki chakkaga, majmua (4 ta) holida gardonga ham taqilgan.