BODREZAK

BODREZAK, Kalina (Viburnum) — shilvidoshlar oilasiga mansub daraxt yoki buta. 125 tacha turi ma’lum. Shulardan Chingiz (V. opulus) ko’p tarqalgan. Balandligi 5 metrcha. Barglari keng, tuxumsimon, o’tkir uchli, 3-5 bo’lakli. Gullari oq, mevasi qizil, danakli. Rossiyaning o’rmon va o’rmoncho’l zonasida, Kavkaz, Qrim, Sharqiy Qozog’istondagi sernam o’rmonlarda ariq va ko’l yoqalarida; botqoq yerlarda o’sadi. O’zbekistonda manzarali o’simlik sifatida ekiladi. Po’stlog’ida viburnin glikozidi, organik kislotalar, oshlovchi moddalar; mevasida 32% gacha qand, vitamin S, oshlovchi moddalar bor. Po’stlog’idan tayyorlangan ekstrakt va qaynatma bachadondan qon ketishini to’xtatadi, hayz ko’rganda paydo bo’ladigan og’riqni qoldiradi. Mevasi xalq tabobatida me’da yarasiga davo qilishda qo’llaniladi.