BODXIZ QIRLARI

BODXIZ QIRLARI — Turkmanistonning Janubi sharqidagi qirlar. Murgob va Tajan daryolari oralig’ida. Balandligi 1267 metrgacha. Afg’onistondagi Paropamiz tog’larining shimoli etagi. Shimolda Qoraqum cho’liga tutashgan. Yer yuzasi yassi tekislik va bayirlardan iborat. Bayirlar orasida quruq soy va jarlar, sho’rxok va taqirlar uchraydi. Bodxiz qirlarining iqlimi keskin kontinental; yozda temperatura 44-46° gacha boradi, yog’in kam (200-250 millimetr), doimiy oqar suv yo’q. Yer osti suvlari juda chuqurda va aksari sho’r. Bodxiz qirlaridagi qumoq va qumoqli bo’z tuproqda qiyoq, qo’ng’irbosh, shuvoq, balandroq yerlarda bo’ydor o’tlar va lista butalari, efemer o’simliklar o’sadi. Bodxiz qirlarida asosan Qorako’l ko’ylari boqiladi. Yovvoyi hayvonlardan arxar, jayran, turli kaltakesaklar, ilon, sichqon, kalamushlar bor. Qulonlarni qo’riqlash va ko’paytirish maqsadida Bodxiz qo’riqxonasi tashkil etilgan.