BOZE

BOZE (Bose), bos Shatendranat (1894.1.1, Kalkutta 1974.4.2) hind fizigi. London Qirollik jamiyati a’zosi (1958). Hindiston milliy professor (1958). 1924-25 yillarda Parijda M. Sklodovskaya Kyuri bilan ishlagan. Kvant statistikasi (Boze—Eynshteyn statistikasi) asoschilaridan biri. Mutlaq qora jism uchun Plank nurlanish qonunini topgan.