BORIDLAR

BORIDLAR — borning metallar bilan birikmasi. Boridlar metall temperaturasi ko’tarilishi bilan elektr qarshiligi ortishi, elektr va issiqni yaxshi o’tkazishi, metallga o’xshab yaltirashi va metallmas (yarimo’tkazgichlik xossasi) moddalarga xos fizik xossalari bilan boshqa birikmalardan farq qiladi. Titan, tsirkoniy, gafniy, vanadiy, niobiy, tantal, xrom, molibden, volfram kabi yuqori temperaturada eriydigan metallarning hamda kaltsiy, strontsiy, bariy kabi ishqoriy metallarning Boridlari ma’lum. Rux, kadmiy, oltin, kumush, simob, galiy, indiy, talliy, qo’rg’oshin, qalayi Boridlar hosil qilmaydi. Boridlar bir necha usulda olinadi. Kimyoviy barqarorligi, asosan, Boridlar panjaralaridagi borbor bog’lanish kuchlari bilan belgilanadi. Geksaboridlar (Mev6) va dodekaboridlar (MeV,2) kimyoviy jihatdan eng barqaror Boridlar hisoblanadi. Ko’pgina Boridlar kislotaga chidamli, masalan, Tav2 ga hatto qaynaydigan zar suvi ham ta’sir qilmaydi. Boridlar o’ta qattiq (mikroqattiqligi 20-30 Gn/ m2), uzilishga mustahkamligi (380 Mn/m2), olovbardoshligi yuqori. Boridlar radioelektronika, yadro texnikasi, metallurgiya, mashinasozlik va asbobsozlikda ishlatiladi. Ulardan reaktiv dvigatel detallari, gaz turbina parraklari yasaladi.