BORISOV OLEG MATVEYEVICH

BORISOV OLEG MATVEYEVICH (1929, Mordva Respublikasi — 1988. 31. 10, Toshkent) — geolog olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1984), geologiya mineralogiya fanlari Doktori (1970). O’rta Osiyo davlat universiteti geologiya fakultetini bitirgan (1953). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi geologiya va geofizika institutida katta ilmiy xodim (1956-70), laboratoriya mudiri (197086), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi seysmologiya instituti direktori (1986— 88). Asosiy ilmiy ishlari regional geologiya va magmatizmga bag’ishlangan. O’zbekistonning tektonik xaritasi va O’rta Osiyoning paleozoy davri jinslarigacha bo’lgan pastki qatlami tuzilishining dastlabki sxemasini tuzitshda qatnashgan.