BORISOV

BORISOV — Belorussiyaning Minsk viloyatidagi shahar (1795 yildan). Temir yo’l stantsiyasi. Berezina daryosi bo’yidagi pristan. Aholisi 150,7 ming kishi (1999). Mashinosozlik (“ekran” ishlab chiqarish birlashmasi va boshqalar), yog’ochsozlik, kimyo va kimyofarmasevtika, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari ishlab turibdi. Musiqa asboblari, billur ishlab chiqariladi. O’lkashunoslik muzeyi bor. Borisovga 1102 yilda asos solingan, 12-asr, oxirida Litva, so’ngra Polsha, 1793 yildan Rossiya imperiyasi qo’l ostida.