BOSMA DAM

BOSMA DAM — damnint bir xili. Temirchi, pichoqchi va taqachilar do’konida ko’raga yoki o’choqqa havo beradigan garmonsimon moslama. Damgar qo’li bilan sardamni yuqoriga ko’taribpastga tushirib turadi. Nozik buyumlar yasaladigan anjomsozlik va zargarlik ustaxonalarida hozir ham qo’llaniladi.