BOSMA MONTAJ

BOSMA MONTAJ — mikroelektron qurilmalar elementlari (qismlari)ni montaj qilish usuli. Bunda elektr ulashlar elektr o’tkazuvchi yupqa metall lentalar (simlar) orqali amalga oshiriladi. Bosma montaj elementlari o’zgarmas va o’zgaruvchan qarshiliklar, kondensatorlar, induktsiya g’altaklari, transformatorlar, tranzistor va diodlar, rele, ulagichlar va almashlab ulagichlardan iborat. Radioelektronikada va, ayniqsa, kosmik apparatlarda mikroelektron qurilmalarni mumkin qadar ixchamlashtirishning juda kata ahamiyati bor. Bu sohada 3 omil; qurilmaning o’lchami, puxtaligi va narxi muhim rol o’ynaydi. Mikroelektron sxemada 1 santimetr kvadrat sathga elementlarni o’zaro ulovchi 14 ga yaqin sim to’g’ri keladi. Bunga erishish uchun ko’p qavatli Bosma montajdan foydalaniladi. O’tkazgichlar (simlar) bir biriga elektron nur yordamida payvandlanadi.