BOG’ISTON
BOG’ISTON — Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanidagi qadimgi qishloq, tumanning Sharqiy qismida, Piskom tog’ tizmasining shimol etagida, Chorvoq suv ombori sohilida joylashgan. Aholisi qariyb 3000 kishi; bog’dorchilik, sabzavotchilik va chorvachilik bilan shug’ullanadi. Buloqlardan suv ichadi. Qishloq nomi 10-asrda “Hudud ulolam” asarida “Sadbag’vo” shaklida qayd etilgan. Bog’istonda Toshkentda yashagan Shayx Xovandi Tohurning otasi bo’lmish Umar Bog’istoniyning qabri bor. Qabr atrofida bog’ barpo qilingan. Bog’istonda Xoja Ahror tug’ilgan.