BRADLEY

BRADLEY, Bredli (Bradley) Jeyms (1693, Sherborn, Angliya — 1762.13.7, Chalford, Angliya) — ingliz astronomi, London Qirollik jamiyati a’zosi (1718), Oksford universiteti professor (1721 yildan). Yorug’lik aberrasiyasini (1725), yer o’qi nutasiyasini (1748) kashf etgan. E. Galley vafotidan so’ng Grinvich rasadxonasita direktorlik kilgan (1742 yildan). Bradley yulduzlarning xususiy harakatlarini aniqlash uchun meridian kuzatuvlari olib borgan.