BRATSK SUV OMBORI
BRATSK SUV OMBORI — Rossiyaning Irkutsk viloyatidagi suv ombori. 1961 yilda Angara daryosida Bratsk GES uchun qurilgan to’g’on natijasida barpo etilgan. Bratsk suv ombori Angara daryosini turli mavsumlarda tartibga solib, Bratsk GESning uzluksiz ishlab turishini ta’minlaydi. Maydoni 5470 kilometr kvadrat, hajmi 169,3 kilometr kub. Ikki asosiy qismdan (Angara daryosi bo’ylab uzunligi 500 kilometr, eni 33 kilometr va oka daryosi bo’ylab uzunligi 370 kilometr) dan iborat. Energetika maqsadlaridan tashqari Bratsk suv omboridan transport, yog’och oqizish, baliqchilik xo’jaligi, sanoat va kommunal xo’jaliklari maqsadlarida ham foydalaniladi. Bratsk suv ombori barpo etilgandan keyin Angara irmoqlarida kema qatnaydigan bo’lib qoldi. Bratsk suv ombori sohillarida Bratsk, Svirsk, Usolesibirskoye shaharlari joylashgan.