BRONZALASH

BRONZALASH — himoya qatlami hosil qilish va bronza tus berish uchun metall buyumlar sirtiga bronza qoplash. Maxsus tarkibli kukun (poroshok) yordamida metallmas (masalan, yog’och) buyumlar sirtida bronza tus (yaltiroqligi) hosil qilish ham Bronzalash deb ataladi. Bronzalash elektrolitik usulda metallash yo’li bilan, moyli yoki spirtli loklarga maxsus kukunlar qo’shib tayyorlangan aralashma surkab va sirtga kimyoviy ishlov berib amalga oshiriladi. Radioapparatlar, detallar, maishiy metall buyumlar va boshqalar sirtiga 40-45% rux qo’shilgan bronza qatlami qoplanadi. Himoyabezak qoplamalari hosil qilishda, termik ishlashda tarkibida 10-12% rux bo’lgan bronza kukuni ishlatiladi.