BRONXOSTENOZ

BRONXOSTENOZ — Bronx devorining torayishi; bronx yo’lidagi patologik o’zgarishlar yoki uning teshigiga yot jismlarning tushishi, shuningdek o’smalar paydo bo’lishi natijasida vujudga keladi. Bronx operatsiyalaridan keyin ham Bronxostenoz kuzatilishi mumkin. Bronxostenoz organik o’zgarishlar tufayli ro’y beradi, shu sababli uni bronxospazmdan farq qilinadi. Bronxostenozni bronxoskopiya va bronxografiya qilib aniqlanadi.