BRUDER

BRUDER (inglizcha brood — tuxum bosish) — inkubatoriya ochirilgan jo’jalarni dastlabki kunlarda issiq saqlovchi maxsus qurilma. Piramida shaklidagi zontdan iborat bo’lib, ichiga qizdirgich joylashtiriladi. Ko’chma, muqim (stasionar) va batereyali xillari bor. Kerosin, ko’mir, gaz yoki elektr toki bilan isitiladi. Bruderdagi haroratni maxsus vint erdamida o’zgartirib turish mumkin. Gaz Bruderda havo gorelka alangasi yoki uning keramik nurlatgichi yordamida isitilib, termorostlagich yordamida rostlanadi. Har bir elektr yoki gaz Bruder ostiga 500 gacha jo’jani joylashtirish mumkin. Bruder ostida tovuqjo’jalari kechalari 28-29°, kurka jo’jalari 29 zg, o’rdak va g’oz jo’jalari 27-28° issiqlikda saqlanadi. Kunduz kunlari haroratni 3-4° pasaytirish mumkin. Yosh jo’jalar oddiy pechka yordamida va Markaziy suv isitish quvurlarini tovuqxona orqali o’tkazish yo’li bilan ham isitiladi. Parrandachilik fabrikalarida batareyali Bruderdan foydalaniladi.