BRYUKVA

BRYUKVA (Brassica napus rapifera) — krestguldoshlar oilasiga mansub ildizmevali ildiz yillik o’t o’simlik, xashaki ekin (qisman oziq-ovqatga ham ishlatiladi). Yevropa, Shimoliy Amerika, Avstraliya, Rossiyaning noqora tuproq zonasida yetishtiriladi. Ekilganidan keyin birinchi yili yirik ildizmeva va yirik (uzunligi 60 santimetrdan ortiq) savatchabarglar hosil qiladi, keyingi yili gulpoyalar chiqaradi. Mevasi — urug’li qo’zoq, urug’i mayda. Naviga qarab ildizmevasi uzunchoqyumaloq, yumaloqkonussimon, tsilindrsimon. Pusti va eti sariq yoki sarg’imtiroq. Ildizmevasi tarkibida 5-10% qand, 0,6—2% oqsil, karotin, askorbin kislota, mineral moddalar, gorchisa (xantal) moyi bor. 100 kilogramm ildizmevasida 13 ozuqa birligi, 100 kilogramm bargida 12,5 ozuqa birligi bor. Ildizmevasi xalq tabobatida turli kasalliklarni davolashda, shuningdek oziq-ovqatga ishlatiladi.