BRYUS LI

BRYUS LI (taxallusi; to’liq nomi Li Syao Lun; xitoycha “Bryusli” so’zi “kichik ajdaho” ma’nosini anglatadi), (1940.27.11, Sanfrantsisko 1973.20.7, Gonkong) — jang san’ati (kunfu) ustasi. AQShda safarda yurgan xitoylik teatr aktyorlari oilasida tug’ilgan. 11 yoshidan Shaolin maktabi ustasi ip mendan ushu, kunfu saboqlarini oldi. 17 yoshida Sanfrantsiskoga ketib, oshpazlik qildi, universitetga o’qishga kirdi, kunfu maktabini ochdi, yakkakurashning jitkundo deb atalgan maxsus yo’nalishiga asos soldi. 1965 yilda sport mashg’ulotlari asosida olingan film unga shuhrat keltirdi, Gollivudga taklif etildi. “Katta boss”, “Shiddatli musht”, “Ajdahoning chiqishi”, “Ajdaho yo’li”, “Ajdaho bilan olishuv” filmlarida suratga tushdi. O’zi ham Gonkongda “Konkord” kinostudiyasini ochib, “O’lim bilan o’ynashish” filmi ustida ish boshladi. Og’ir kasallikka chalingan Bryus li shifoxonada yakkakurashga bag’ishlangan “Yengilmas musht yo’li” kitobini yozib tugatdi. Sog’aygach, filmning 20 daqiqasini suratga olishga ulgurdi. O’limiga noto’g’ri qabul qilingan dori sabab bo’lgan degan tashhis qo’yilgan (Sietl shahridagi qabristonga dafn qilingan).