BRYUSTER QONUNI

BRYUSTER QONUNI — dielektrikning sindirish ko’rsatkichi p bilan tabiiy (qutblanmagan) yorug’likning uning sirtiga tushish burchagi forasidagi bog’lanishni ifodalovchi munosabat. Tushish burchagi Bryuster burchagi deb ataladi va tgp=” sharti bajarilganda dielektrik sirtdan qaytgan yorug’lik faqat tushish tekisligiga perpendikulyar tekislikda qutblangan bo’ladi. Havoda sinish qonuni (g sinish burchagi) bo’lgani uchun Bryuster qonunidan cosp=sinr, yoki f+g=90°. Demak, singan va qaytgan nurlar orasidagi burchak 90° bo’ladi. Bryuster qonunidan qutblangan yorug’lik hosil qilishda, moddaning sindirish ko’rsatkichini aniqlashda foydalaniladi. Bryuster qonuni 1815 yilda D. Bryuster tomonidan topilgan.