BUAKE

BUAKE, Bvake — Kotd’Ivuarning Markaziy qismidagi shahar. Buake departamenti ma’muriy markazi. Aholisi 333 ming kishi (1990). Transport yo’llari tuguni. Xalqaro aeroport bor. Qishloq xo’jalik mahsulotlari (paxta, kofe, kakao, banan, ananas, sholi va boshqalar) yetishtiriladigan rayon markazi. To’qimachilik, ko’n poyabzal, oziq-ovqat sanoati, paxta tozalash va sholi oqlash korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi.