BUYNAKSK
BUYNAKSK (1922 yilgacha Temirxon sho’ra) — Rossiya Federatsiyasi Dog’iston Respublikasining Markaziy qismidagi shahar. Katta Kavkaz tog’ining shimoliy etaklarida joylashgan. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 58,8 ming kishi (1999). Buynakskda oziq-ovqat sanoati korxonalari, ko’n poyabzal kombinati, trikotaj fabrikasi, agregat va shina remonti zavodlari, drama teatri bor. Buynakskda shim. Kavkazdagi eng yirik masjid va madrasalar joylashgan. 19- asr boshlarida Rossiya Dog’istonni bosib olgach, Buynakskga 1834 yil qal’a sifatida asos solgan.
O‘xshash so‘zlar
- BUYRAK
- BUYRAK SANCHIG’I
- BUYRAK USTI BEZLARI
- BUYRAK YETISHMOVCHILIGI
- BUYRAKTOSH KASALLIGI
- BUYRUQ
- BUYRUQ GAP
- BUYUK ABXAZ (KELASUR) DEVORI


