BUKISH

BUKISH — yog’och yoki metall zagotovka xom-ashyoga yoki buyum qismlariga bukik shakl beradigan bolg’alash, shtamplash operatsiyalari. Eguvchi kuch ta’sirida zagotovka deformatsiyalanadi (bukiladi), tashqi qatlami cho’ziladi, ichkisi esa qisiladi. Bukish bukish mashinasi, bukish stanogi yoki qo’lda amalga oshiriladi. Bukishga bukishning o’zi (bukik shakl hosil qilish), profillash (burmalar hosil qilish, egish), metall listlarni bukib va payvandlab payvand trubalar olish, prujina o’rash va boshqalar kiradi.