BUKRI BALIQ

BUKRI BALIQ, gorbusha (Opsogһupsһiѕ gorbusha) — losossimonlar oilasiga mansub baliq. Asosan, tinch okeanining shimol qismi va qisman shimoliy Muz okeanida tarqalgan. Tanasining uzunligi 60-70 santimetr, ko’pincha 45-50 santimetr, og’irligi 1,5—1,7 kilogrammgacha boradi. Yashash davri juda qisqa, hayoti davomida faqat bir marta uvildiriq tashlaydi. Urchish paytida dengizdan daryolarga, xususan, Yapon dengiziga quyiladigan daryolarga (ko’proq Amurga) katta gala bo’lib, yuqori oqimgacha suzib boradi. Daryolarning tiniq, kislorodga boy bo’lgan yuqori oqimida suv tubida kovlangan chuqurlarga urg’ochisi 1500— 2000 tagacha uvildiriq tashlaydi. Erkagi uvildiriq ustiga urug’larini sepadi. Urg’ochi va erkak baliqlar urchigandan so’ng nobud bo’ladi. Tuxumdan chiqqan chavoqlar daryo oqimi bilan dengizga tushib, voyaga yetadi.