BULAT

BULAT (fors, po’lod — po’lat) — tarkibida temir va ugleroddan boshqa elementlar deyarli bo’lmaydigan juda qattiq elastik quyma po’lat. O’ziga xos tuzilishiga ega, sirti “naqsh”li jilolanib turadi. Ilgari Hindiston, O’rta Osiyo, Eron va Suriyada (Damashq po’lati nomi bilan) tayyorlangan; undan, asosan, g’oyat pishiq va o’tkir tig’li qilich, xanjar va boshqa buyumlar yasalgan. Qadimda Bulat tayyorlash usuli sir saqlanib kelinar edi. Uning sirini rus metallurgi P. Anosov (1799-1851) ochdi. Texnikada Bulat po’lati deb yuritiladi.