BULATOV MITXAT SAGADATDINOVICH

BULATOV MITXAT SAGADATDINOVICH (1907.18.4, Tobolsk) — me’mor, tadqiqotchi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan Binokor (1970). Me’morlik Doktori (1974). Leningrad muhandislik qurilish institutini bitirgan (1934). 1937 yil Toshkentga kelib, shahardagi ko’pgina ma’muriy, turar joy binolarini loyihalashda qatnashgan. Toshkent shahar bosh me’mori (1940-64). O’zbekiston Me’morlar uyushmasi boshqaruvining raisi (1955-64). 1964 yildan Hamza nomidagi San’atshunoslik ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim, zamonaviy me’morlik bo’limi mudiri (1967— 91). Samarqand (1937-38), Farg’ona, Qo’qon, Kogon. Yangi Urganch (1938-39), Toshkent (1952-54) ni rekonstruktsiya qilish bosh rejasi muallifi. Asosiy ishlari: “Paxtakor” stadioni (1953-57), “Toshkent” mehmonxonasi (1955-57), Samarqanddagi Navoiy va Jomiy haykali (1970, hamkorlikda), Samarqanddagi Ulug’bek rasadxonasini qayta tiklash loyihasi (1981, A. Asanov bilan) va boshqalar. As: Geometricheskaya garmonizasiya v arxitekture Sredney Azii IX—XV vv., M., 1978.