BULBULAK

BULBULAK — 1) torli musiqa cholg’ulari dastasining yuqori qismidagi (“shayton”) xarak. Bulbulak qadimiy yozma manbalarda “anaf” deyilgan. U yog’och yoki suyakdan yasaladi. Torli asboblarning quloqlar joylashgan tomoniga, pastki xarak ro’parasiga o’rnatiladi. Bulbulak torlarni dasta va pardalarga tegizmay ko’tarib turadi; 2) bolalar puflab chaladigan hushtak (o’yinchoq). Loydan qushtumshuq obdasta shaklida yasalib, olovda pishiriladi. Ichiga suv solib, jo’mragidan puflaganda bulbul sayraganday tovush beradi.