BULGAKOV PAVEL GEORGIYEVICH

BULGAKOV PAVEL GEORGIYEVICH (1927.6.6 — Toshkent — 1993.28.10) — manbashunos, arabshunos. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1979). Sankt Peterburg universitetining sharq fakultetini tugatgan (1951). Shu universitetda o’qituvchi (1954-57). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida katta ilmiy xodim (1964-70), direktor o’rinbosari (1970 yildan). Bulgakov Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarini rus tiliga tarjima qilishda ishtirok etgan. “Abu Dulafning ikkinchi risolasi” asarini rus tiliga (A. Xolidov bilan hamkorlikda) tarjima qilgan, nashr ettirgan (1960). U Beruniyniig “Tahdid nihoyot ila Mokin li tashih masofat ilmasokin” (“Geodeziya”) asarining Arab tilidagi tanqidiy matnini birinchi marta Qohirada chop ettirgan (1962), so’ng uni rus tiliga tarjima qilib, izohlar bilan Toshkentda nashr qildirgan (1966). Bulgakov “Beruniyning hayoti va ijodi” asari muallifi (1972). Beruniyning Saylanma asarlarining 5 jildiga kirgan “Mas’ud qonuni” asari va boshqa matematika, astronomiyaga oid risolalarini rus tiliga tarjima qiladi (1973). Bulgakov Xorazmiy haqida ham asarlar yozgan. Bulgakov Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1971).