BULOQBOSHI

BULOQBOSHI — Andijon viloyatidagi qishloq. Buloqboshi tumani markazi. Andijon shahridan 22 kilometr Janubi Sharqda. Aholisi 18,9 ming kishi (2000). Qishloq buloq boshida vujudga kelgan, nomi shundan. Aholisi paxtachilik, bog’dorchilik va chorvachilik bilan shug’ullanadi. Janubiy Farg’ona kanali, buloq va artezian quduqlaridan suv ichadi. Buloqboshida 2 qurilish tashkiloti, paxta punkti, ipak yigiruv fabrikasi, 2-tikuvchilik fabrikasi, avtokorxona, 2 tayyorlov-savdo tashkiloti, elektr tarmog’i idorasi, yo’l qurilish boshqarmasi, 3 bank muassasasi, kommunal foydalanish boshqarmasi, 3 bozor, 5 umumiy ta’lim maktabi, 6 yaslibog’cha, kinoteatr, kasalxona, 2 poliklinika, maishiy xizmat ko’rsatish punktlari bor. Buloqboshidan shahar va qishloqlarga avtobus qatnaydi.